“Ko‘rpaga qarab oyoq uzatish deb yurmaslik kerak” – Ishmetov Shodmonov bilan telefon suhbatini esladi 

Jamiyat

image

15 mart kuni O‘zbekistonda birinchi koronavirusga chalingan fuqaro aniqlanganda Moliya vaziri Timur Ishmetov Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga qo‘ng‘iroq qilgan va barcha kerakli choralar qo‘llanilishini aytgan. Bu haqda Timur Ishmetov Xalqaro perss-klubning navbatdagi sessiyasida aytib berdi. 

“Jismoniy shaxslarning daromadini to‘xtatish va buning natijasida aholi qo‘lida qolib, byudjetga tushmagan mablag‘ 541 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. QQS to‘lab ishlayotgan tadbirkorlarga har oyda emas, har kvartalda to‘lab ishlashga imkoniyat berildi. Natijada, byudjetda tushmay ularning aylanmasida qolgan mablag‘ 450 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Bu ham iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilmoqda. 

Koronavirus chiqqan kuni Bosh vazir ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qayerga nimani ishlatish reja qilinganda, Alisher Qayumovichga qo‘ng‘iroq qilib aytdimki, “sizlarning sohaga faloncha pul ajratish ko‘zda tutilyapti. Bu degani “ko‘rpaga qarab oyoq uzatish kerak” deb, indamay yurmang. Birlamchi bizning vazifa aholi sog‘lig‘ini ta’minlash uchun pul ajratishdir. Yana pul kerak bo‘lsa, boshqa sorhalarni qisqartiramiz. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha pul jalb qilamiz. Lekin, birinchi navbatda, kasallikning oldini olish va ijtimoiy himoya turadi”, deb aytdim. Buni Alisher Qayumovichning o‘zi ham tasdiqlaydi”, deydi Moliya vaziri.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing