Aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
10341O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.
Unga muvofiq:
• Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
• tijorat banklari aholiga o‘z mablag‘lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
• Moliya vazirligidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo‘yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
• ayrim shaxslarga (kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lanadi.
Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:
• qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda;
• Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida.
LiveBarchasi