Vannadagi qaynoq suv o‘smir qizning o‘limiga sabab bo‘ldi
Olam
−
01 Oktabr 2019
7222Rossiyaning Saxalin o‘lkasi shimolidagi aqli zaif bolalar maktab-internati o‘quvchisi qaynoq suvga yuvinishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Sud-tibbiy ekspertiza kuyish 15 yoshli qiz o‘limining dastlabki sababi deb atadi, bu ikkinchi darajali terining termik kuyishi natijasida sodir bo‘lgan bo‘lgan", deydi ekspert.
Timovskiy tumanidagi bolalar uyining hamshirasi qizni yuvintirishga qaror qiladi va uni vannaga yotqizadi. Iliq suvni yoqqach, taglik olib kelgani ketadi. Hamshira qaytib kelganida, vannadan qaynoq suv chiqayotgan va qiz kuygan edi. U zudlik bilan tez yordam chaqirdi va shifokorlar o‘spirinni kasalxonaga olib ketdi.
Ammo unga yordam bera olishmadi.U vafot etgandi. Hamshiraga nisbatan kasbiy majburiyatlarini lozim darajada bajarmagani tufayli beparvolik tufayli o‘limga olib kelgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bolaning tibbiy muassasada vafot etganini hisobga olsak, kichik tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarning harakatlari ham baholanadi.
Tergovchilar barcha zarur tibbiy hujjatlarni olib qo‘ygan va voqeaning sabablarini aniqlayapti.
LiveBarchasi