Video: “Qo‘yliq” bozori yaqinida yirik yong‘in chiqdi

Jamiyat

Toshkentdagi "Qo‘yliq" ulgurji bozori orqasidagi sexda yong‘in yuz berdi. Ayni vaqtlarda olov kuchayayotgani aytilyapti.

Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda katta olov va quyuq qora tutunni ko‘rish mumkin.

Videodan ma’lum bo‘lishicha, atrofdagi konteynerlarda saqlanayotgan tovarlarga ham yong‘in o‘tish xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 iyun kuni Andijon shahridagi 1-mikrorayondagi ko‘p qavatli uyda ham yong‘in yuz bergandi. yirik yong‘inda binoning tomi yonib zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in bozor

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing