Video: Qozog‘istonni qum bo‘roni qopladi. O‘zbekiston FVV ham fuqarolarni ogohlantirdi

Jamiyat

0:00
0:00
download

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatini juda kuchli qum bo‘roni qamrab oldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kuchli qum bo‘roni videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy aholi tomonidan tarqatilgan. Viloyat Favqulodda holatlar departamenti, o‘z navbatida, shamol tezligi soniyasiga 17–22 metrgacha kuchayishini ma’lum qilib, bo‘ron haqida ogohlantirgan.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo oqibatida 350 dan ortiq yuk mashinalari Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston chegaralarida qolib ketgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, g‘arbiy viloyatlarda, Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegaradosh shaharlari va Mang‘istov shahridagi “Tajen” nazorat-o‘tkazish punktida 150 ga yaqin yuk mashinasi tirbandlikda qolgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham fuqarolarni kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi. 

Unga ko‘ra, 18 martdan 20 mart kuniga qadar O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s dan 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslikni tavsiya etdi. Avtomobil egalaridan avtomobillarni daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

shamol

Baholaganlar

1691

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing