Video: Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

Olam

0:00
0:00
download

Bugun, 13 mart kuni Qozog‘istonda Olma-ota aeroporti yaqinida An-26 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmatiga asoslanib “Kazinform” xabar berdi.

“NurSulton – Olma-ota yo‘nalishi bo‘yicha uchgan An-26 samolyoti bilan Olma-Ota aeroportiga qo‘nishi paytida aloqa uzildi”, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va yana ikki kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘nish paytida halokatga uchragan ushbu samolyot harbiy, aniqrog‘i Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan.

Aeroport qutqaruv xizmati samolyot qulagan joyga jo‘nab ketgan. Bortdagi odamlar soni haqida xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olma-ota

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing