Video: It hovlidagi ayiqni quvib yubordi

Olam

Joriy yilning 7 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida it qo‘shni uy hovlisidan yovvoyi ayiqni quvib yubordi. Uy egasi voqeaning kamera qaydlaridagi videosini Facebook sahifasiga joylashtirdi.

“Keyingi safar qo‘shnimizning itini ko‘rsam go‘sht bilan ovqatlantiraman. U ajobiy it va ko‘p hollarda bolalarga ko‘z quloq bo‘lish uchun keladi. Hozir bo‘lsa, u ularning xavfsizligini ta’minladi”, degan Mark Stinsiano.

Videoda qora ayiq ikki oyoqlab turib, hovlidagi qush oxurini tushirayotgani tasvirlangan. Keyin hayvon yerga to‘kilgan urug‘ni yeyoishga tushgan. So‘nggi soniyalarda Rayli laqabl it ayiqqa tashlangan va uni quvib yuborgan. Yirtqich hayvon qarshilik ko‘rsatmay, hovlini tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh it ayiq

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing