OAV: Pokistondagi ko‘chki qurbonlari soni 90 kishidan oshib ketdi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
3496Pokistonda kuchli yomg‘ir, qor va ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 93 kishidan oshdi. 53 nafar odam esa jabrlangan. Bu haqda Dawn gazetasi xabar bermoqda.
Avvalroq ko‘chkilar oqibatida Ozod Kashmir hududida 57 kishi vafot etgani va 42 kishi jabrlangani haqida ma’lum qilingan edi.
Nashr tomonidan taqdim etilgan xabarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning eng ko‘p qismi Ozod Kashmir hududiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda noqulay ob-havo tufayli 66 kishi qurbon bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinda Belujiston provinsiyasi bormoqda – 20 kishi. Panjobda esa yetti kishi halok bo‘lgan.
Rasmiy shaxslardan birining ma’lum qilishicha, raqamlar miqdori oshishi mumkin, chunki kuchli qor yog‘ishi natijasida ayrim hududlar bilan aloqa batamom uzilib qolgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi