Tadbirkor bank mansabdori bilan kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi

Jamiyat

image

Jizzaxda tadbirkor soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bank mansabdori bilan yirik miqdordagi pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

Tekshiruv natijasida Arnasoy tumanida “A.Q.I.” MCHJ rahbari O.P. jami 3,2 mlrd so‘mlik savdodan tushgan naqd pullarni nazorat kassa mashinasiga kirim qilmagani, juda ko‘p miqdordagi savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganligi, tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan 339,5 mln so‘m tushumni yashirgani hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro O.P. “M.A.X.” MCHJ rahbari sifatida faoliyatini davom ettirib, tijorat bankining mintaqaviy filiali mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish haqidagi kredit shartnomasiga soxta ma’lumotlarni kiritib 200 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.P. (1985 yilda tug‘ilgan) xuddi yuqoridagi kabi qilmishi ya’ni, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun sud hukmi bilan aybli deb topilganligi (JKning 184 va 189 moddalari) ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan “A.Q.I.” hamda “M.A.X.” MCHJlari rahbari 
O.P. va tijorat bankining Jizzax mintaqaviy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax bank

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing