Video: Argentinada olomon Prezident o‘tirgan avtomobilga hujum qildi

Olam

Argentina Prezidenti Alberto Fernandesning Chubut viloyatiga safari chog‘ida namoyishchilar mamlakat rahbari o‘tirgan avtomobilga hujum qildi. Bu haqda bugun, 13 mart kuni mahalliy “Todo Noticias” telekanali xabar berdi.

Efirga uzatilgan kadrlarda namoyishchilar Fernandes o‘tirgan mikroavtobusni o‘rab olganini ko‘rish mumkin. Ular avtomobilga baqirgancha hujum qilib, tosh otib, oynalaridan birini sindirgan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, namoyishchilar Chubut gubernatori Mariano Arsioni tomonidan amalga oshirilayotgan yirik kon loyihasiga shu tarzda norozilik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing