YHXBB: “Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi”

Jamiyat

image

Taksi haydovchilari hozircha yo‘lovchilarni tashishlari mumkin emas. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yetkazish xizmatlarini ko‘rsatadigan taksi avtomobillariga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, lekin Toshkentdagi ba’zi haydovchilar ham yetkazib berish, ham yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishmoqda”, deyiladi bosh boshqarma xabarida.

YPX inspektori Akbar Hakimov rolikda aytishicha, 30 aprel kuni Toshkentdagi Mahtumquli ko‘chasida Nexia haydovchisi to‘xtatilgan. Unda yetkazib berish xizmatlariga ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘lgan, lekin avtomobilda yo‘lovchi bo‘lgan.

Shaxsiy va xizmat yengil mashinalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida (soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha) taksilar ham yo‘lovchilarni tashishi mumkin ekanligi haqida xabar berilgandi. 30 aprel kuni yo‘lovchi tashish xizmati tiklanganligi haqida MyTaxi ham xabar bergandi.

Adliya vazirligi va Koronavirus info Telegram-kanali orqali tarqatilgan xabarlarda 30 apreldan boshlab fuqarolarga ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga) harakatlanishga ruxsat berilganligi haqida ma’lumot e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

taksi

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing