Vengriyada Rossiyaning yonini olayotgan Orbanga qarshi yirik namoyish o‘tkazildi

Olam

image

Budapeshtda o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, o‘qituvchilarning maoshlarini Vengriyadagi inflyatsiyaga mos ravishda oshirishni talab qilib, hukumat va Bosh vazir Viktor Orbanni tanqid qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, namoyishchilar o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlardan tashqari, “Orban ketsin” va “Ruslar, uyga qaytinglar” degan plakatlarni ushlab turishgan. Tashkilotchilar aksiya ishtirokchilari sonini 80 ming kishi deb hisoblagan.

Namoyishchilar asosan Orbanning ta’lim siyosatidan – ta’lim muassasalarini yetarlicha mablag‘ bilan ta’minlamagani va o‘qituvchilarning maoshi pastligidan norozi. Shu bilan birga, fevral oyida hukumat o‘qituvchilarning ish tashlash huquqini cheklovchi farmon qabul qilgan. Buni esa namoyishchilar norozi ishchilarni qo‘rqitish usuli deb hisoblaydi.

Namoyishlar paytida Orban poytaxtdan 220 km uzoqlikda, Zalaegerszeg shahrida bo‘lib, u yerda Vengriya inqilobining 66 yilligi sharafiga nutq so‘zladi. Nutqida u G‘arb davlatlarini 1956 yil voqealari chog‘idagi “xiyonat qilganlik”da ayblab, tanqid qilgan.

 “Agar G‘arb bizga 1945 yildan beri ikkinchi marta xiyonat qilmaganida, biz muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin edi”, deydi Orban.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya hukumati Yevropa Ittifoqiga Rossiya gazini yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatadigan yangi sanksiyalarni kiritishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing