Vengriya rossiyaliklarga vizalar berishni cheklamoqchi emas

Olam

image

Vengriya hukumati Rossiya fuqarolariga kirish vizalarini berishga hech qanday cheklovlar qo‘ymoqchi emas. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Estoniya Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

"Ukrainadagi urush imkon qadar tezroq tugashi kerak! Ukrainaga qo‘shni davlat sifatida biz uchun tinchlik o‘rnatilishi, ayniqsa, muhim", degan Siyyarto hamkasbi bilan bo‘lgan suhbatda.

Shuningdek, u Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina mojarosini hal qilishga yordam bermasligini aytib o‘tgan.

“Biz Germaniya kansleri pozitsiyasi tarafdorimiz va hech qanday cheklovlar joriy etishni rejalashtirmayapmiz”, deb yozgan Siyyarto o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

Xususan, Siyyarto energetika sanksiyalarini Rossiyadan ko‘ra  ko‘proq Yevropaga zarar yetkazishini aytgan. Shu sababli sanksiyalarni muhokama qilishni xohlamasligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

"Hozirda Rossiya energiya resurslarisiz Vengriyaga neft va tabiiy gaz yetkazib berishni jismonan ta’minlash mumkin emas", deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta oxirida Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa komissiyasiga Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritish bo‘yicha takliflar yuborishini ma’lum qilgan edi. Ushbu sanksiyalar paketiga yangi shaxslar va tashkilotlarni qora ro‘yxatga kiritish, shuningdek, iqtisodiyot, energetika va savdo sohalariga cheklovlar kiritish kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arbni barcha ruslar uchun chegaralarni butunlay yopishga chaqirgan edi.

Shuningdek, Estoniya Xukumati joriy yilning 18 avgust kuni mamlakat konsullik idoralari tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini to‘xtatgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing