Estoniya Rossiya fuqarolarini mamlakatga kirishini to‘xtatdi

Olam

image

Estoniya Xukumati mamlakat konsullik idoralari tomonidan berilgan Shengen vizasi bilan Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini to‘xtatdi. Bu haqda Estoniya Xukumatining matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Joriy yilning 11 avgust kuni Estoniya hukumati Rossiya fuqarolarini mamlakatga kirishini taqiqlovchi qaror qabul qilgan edi. Ushbu qaror bugun, 18 avgustdan kuchga kirdi. Bosh vazir Kaya Kallas shu munosabat bilan rossiyaliklar Ukraina voqealarini hisobga olgan holda Yevropa Ittifoqiga kirish inson huquqlari va erkin harakatlanish masalasi emas, balki bu ular uchun imtiyoz ekanini tushunishi kerakligini qayd etdi.

Rasmiy Tallin joriy qilgan taqiq fonida, boshqa mamlakatlar tomonidan berilgan Shengen vizasiga ega ruslarning Estoniyaga kirishi bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lgan. Bunga javoban mamlakat Tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu Estoniya uchinchi davlat vizasi bilan Rossiya fuqarolarining kirishini bloklash huquqiga ega ekanligini aytgan.

“Yevropa Ittifoqining asosiy shartnomasi a’zo davlatlarga Rossiya fuqarolarining kirishini to‘sib qo‘yishga imkon beradi. Yevropa Ittifoqi qonunlari hatto YeIga azo davlat fuqarolarining ma’lum bir mamlakatga kirishini blokirovka qilishga imkon beradi. Biz yaxshi eslaymizki, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashganda, davlatlar nafaqat Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini, balki ichki chegaralarini ham yopgan edi”, deydi Reynsalu.

Hozirda vaziyat amalda qanday bo‘lishi, chegara xizmati qanday ko‘rsatmalar olgani aniq emas.

Kirish taqiqiga bir qator istisnolar mavjud:

•  Rossiyaning Estoniyadagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari; 
•  Yuk tashishlarda ishtirok etayotgan shaxslar;
•  Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq erkin harakatlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar;
•  Insonparvarlik sabablariga ko‘ra respublikaga kirishi zarur bo‘lgan shaxslar; 
•  Estoniya fuqarolarining yaqin qarindoshlari;
•  respublikada doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslar mamlakat hududiga kirishi mumkin.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing