Vengriya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Bugun, 29 mart kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekiston-Vengriya oliy darajadagi muzokaralarida qatnashish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy darajali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Viktor Orbanning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv ertaga, 30 mart kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralardan kutilayotgan asosiy natijalardan biri – O‘zbekiston bilan Vengriya munosabatlari sifat jihatidan yangi bo‘lgan strategik darajaga chiqishidir.

Tashrif yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlari Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, iqtisodiyot, energetika, ta’lim, madaniyat, mintaqalararo hamkorlik va bandlikka oid 10 ga yaqin hujjat qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Vengriya

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing