Venetsiya suv ostida qoldi!
Olam
−
13 noyabr 2019
8029Italiyaning Venetsiya shahri ma’muriyati kuchli yomg‘irlar sabab favqulodda holat joriy qildi. Shaharning 80 foizdan ortig‘ini suv bosdi, deb xabar bermoqda “Deutsche Welle” nashri.
Kuchli yomg‘ir sabab italyan shahrida suv so‘nggi 50 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Venetsiyadagi sayyohlarning sevimli joylari, ko‘plab maydon va ko‘chalar suv ostida qoldi. Shahar ma’muriyati favqulodda holat joriy qilib, mamlakat Hukumatidan yordam so‘radi.
Mer Luiji Brunaro halokatli yomg‘ir sabab shaharga jiddiy zarar yetishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir sabab shahardagi suv darajasi 187 smga yetdi. Suvning 130 smlik darajasi o‘ta xavfli hisoblanadi.