Venesuela Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasiga xaridor bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning yangi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining ilk partiyasi Venesuelaga yetkazib berildi. Bu haqda Bolivariya Respublikasi vitse-prezidenti Delsi Rodriges o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

"Bu bizning vatanimiz uchun tarixiy voqea hisoblanadi", deyilgan vitse-prezident xabarida.

Venesuela "Sputnik V" vaksinasining xorijiy klinik sinovlarida ishtirok etgan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi Bosh direktori Kirill Dmitriyev ma’lumot bergan. 

"Hozirda Belarusda "Sputnik V" vaksinasining klinik sinovlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, boshqa qator mamlakatlarda, jumladan, Braziliya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklarida sinovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. G‘arb vaksinalari klinik sinovlarida to‘siqlarga duch kelayotgan bir paytta, "Sputnik V" dunyoning ko‘plab mintaqalari, shu jumladan Lotin Amerikasining ham ishonchini qozonmoqda. Vaksina Venesuela aholisiga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi", degan Dmitriyev.

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Venesuelada 70 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holati kuzatilgan. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 34 milliondan oshib ketgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing