Venada majburiy emlashga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi (video)
Olam
−
11 dekabr 2021
2283Avstriya hukumati COVID-19 ga qarshi emlashdan bosh tortgan 14 yoshdan kattalarni jarimaga tortishni hamda koronavirusga qarshi emlashni majburiy qilish rejasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, vaksina olmagan 14 yoshdan katta shaxslar har uch oyda 3600 yevro (4071 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortiladi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ayni paytda Avstriya aholisining qariyb 68 foizi COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatgich bilan mamlakat G‘arbiy Yevropada eng pastki o‘rinda turibdi.
Ko‘pgina avstriyaliklar vaksinalarga shubha bilan qaraydi. Parlamentdagi “Ozodlik” partiyasi aholining gumonlarini ko‘llab-quvvatlamoqda.
Uch hafta oldin koronavirus yuqtirganlar soni rekord darajaga yetgani sababli, hukumat karantin qoidalarini kuchaytirib, lokdaun e’lon qildi.
Qayd etish joizki, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar orasida Avstriya birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi emlanishni majbur qildi.
“Biz emlanmagan fuqarolarni jazolamoqchi emasmiz, ularni emlashga ishontirmoqchimiz”, deydi Avstriya Yevroittifoq masalalari va Konstitutsiyaviy ishlar vaziri Karolin Edtstadler 9 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Volfgang Muyekshteyn bilan bo‘lgan matbuot anjumanida.
Parlament tomonidan tasdiqlanishi kutilayotgan vaksinalash muddati 1 fevralda boshlanib, 2024 yil yanvar oyigacha davom etishi kerak.
Sog‘liqni saqlash vaziri Volfgang Muyekshteynga ko‘ra, majburiy emlashda Markazish emlash reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan homilador ayollarga, tibbiy sababga ko‘ra emlana olmaydigan shaxslar va oldingi olti oy ichida COVID-19 dan tuzalib ketgan fuqarolarga imtiyozlar beriladi. Ular har uch oylik interval bilan tekshiriladi.
Birinchi chekov sanasi 15 mart bo‘lishi belgilandi.
Farrux Kenjayev
LiveBarchasi