“Vaziyatni turlicha talqin qilmang!” SSV shifokorning bemorga tegajog‘ligi bo‘yicha munosabat bildirdi
3-sahifa
−
20 noyabr 2023
22676Avvalroq, tez tibbiy yordam xodimining chaqiruvga ko‘ra, yolg‘iz ayolga ukol qilib, uning behushligidan foydalangan holda nojo‘ya xatti-harakat qilgani aytilayotgani haqida xabar bergandik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabar yuzasidan kechikib bo‘lsa-da, rasmiy munosabat bildirdi.
"Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganish olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha batafsil xabar beriladi”, deyiladi SSV munosabatida.
Vazirlik shuningdek, jamoatchilik vakillaridan vaziyatga aniqlik kiritilmaguncha masalani turlicha talqin qilmasliklarini so‘ragan.
Biroq vazirlikning vaziyatni darhol ochiqlamasligi, tushunmovchiliklarning oldini olish uchun o‘z vaqtida holat haqida tushuntirish bermasligi, izohlarning ham qisqa va mavhum bo‘lishi voqeaning turlicha talqin qilinishiga olib kelishini unutmasligimiz kerak.