Vaziyat jiddiy: pandemiya davridagi rekord qayd etildi
Olam
−
12 yanvar 2022 19078 1 daqiqa
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 3 yanvaridan 9 yanvarigacha bo‘lgan vaqt davomida dunyoda 15 154 666 ta yangi koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan. Bu butun pandemiya davridagi rekorddir.
Yevropada eng yuqori o‘sish holati kuzatilgan — 7,1 mln. Shuningdek, 43 461 kishi vafot etgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda sayyorada 308 milliondan ortiq odam infeksiya yuqtirgan, besh milliondan ortiq bemorni qutqarib bo‘lmagan.
Eng ko‘p holatlar AQSH, Hindiston, Braziliya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyada aniqlangan. Hozirda “delta” shtammi ko‘pchilik mamlakatlarda keng tarqalgan, ammo olimlarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda uning o‘rnini “omicron” egallashi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025