Vaziyat o‘zgarmoqda: Andijonda 6 erkak kelinchakni zo‘rlamagan bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

Avvalroq Andijonda 6 erkak kelinchakni zo‘rlagani iddao qilinayotgandi. Voqealar rivoji umuman boshqa tarafga o‘zgarib ketishi mumkin. 

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganovning yozishicha, sudga oid biologiya va tolali materiallarni kriminalistik tekshirish, sudga oid fizika-texnikaviy ekspertiza xulosalari olingan.

Yakuniy xulosalar va tergov harakatlari davomida to‘plangan inkor qilib bo‘lmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zo‘rlangani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagan.

“Shuningdek, jabrlanuvchi O.O. yaqin qarindoshlari va himoyachisi ishtirokida so‘roq qilinganida, uni hech kim zo‘rlab nomusiga tegmaganini, bunday ko‘rsatma berishiga sabab (........) bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Surishtiruvlar davomida, ko‘pchilik bilib bilmay ayblagan shaxslar voqea sodir bo‘lgan kuni hodisa joyida, ya’ni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan dala shiyponida umuman bo‘lmaganliklari ham aniqlangan”, deb yozadi u.

Oradan bir qancha vaq o‘tgach, Toshkent viloyati IIBB rasmiysi Telegram kanalida yozgan postni tahrirlab, uning katta qisimini o‘chirib yubordi. Buning sabablari esa noma’lum. QALAMPIR.UZ’da postning dastlabki versiyasi skrinshoti mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1632

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing