Vaziyat og‘ir: Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
Olam
−
14 aprel 2021 6398 1 daqiqa
Turkiyada kunlik COVID-19’ga chalinish holatlari bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir sutka ichida Turkiyada koronavirusga chalinishning 59 187 ta yangi holati qayd etilgan, 52 104 kishi ushbu kasallikdan tuzalgan, 273 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.
Pandemiya boshlangandan beri Turkiyada koronavirus bilan og‘riganlarning umumiy soni 3,96 million kishiga yetgan, ushbu infeksiyani yuqtirish oqibatida 34 455 kishi vafot etgan. Umumiy hisobda 3,4 million kishi kasallikdan sog‘aygan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiya hozirda koronavirus pandemiyasining eng og‘ir bosqichini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda mart oyining oxirida koronavirus qayta avj ola boshladi. Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 58 ta shaharni COVID-19’ yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan qizil hudud, deya e’lon qildi. Mazkur shaharlarda Turkiya aholisining 80 foizi istiqomat qiladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28