Vazirning “zam”i poytaxt hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
06 noyabr 2020
8359G‘ofir Jamolov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
U hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
G‘ofir Jamolov 1974 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, mutaxassisligi iqtisodchi-menejer.
1997 yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Bugunga qadar qator mas’ul vazifalarda ishlab kelgan.
Avvalroq, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi