Vazirlik: Vodiy viloyatlarida elektrda uzilishlar bo‘lyapti. Aybdor – ob-havo
Jamiyat
−
09 Noyabr 2022 7877 1 daqiqa
O‘zbekistonning sharqiy – Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
“Buning natijasida, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasiga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida mazkur stansiya tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.
Energetika tizimining barqaror ishlarishini ta’minlash va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta avariyalar hamda uzilishlarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr