Vazirlik Samarqanddagi talabalar sammit vaqtida ta’tilga chiqishi masalasiga aniqlik kiritdi
Jamiyat
−
07 noyabr 2022
8558Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ta’til berilishi haqida turli xabarlar tarqaldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu xabarlarga munosabat bildirib, ular asossiz ekanini ta’kidladi.
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va o‘sha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan o‘quv jadvaliga ko‘ra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi