Vazirlik avtovokzal xodimi fuqaroga kuch ishlatganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent avtovokzalida xavfsizlikka javobgar xodim tomonidan fuqaroga nisbatan kuch ishlatilganligi to‘g‘risidagi video lavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan “O‘zavtovokzal servis” DUK rasmiy ma’lumot berdi. Mazkur holat joriy yinning 24 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan holatni tasvirga olgan fuqaro Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi M.A. avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi o‘ziga nisbatan kuch ishlatilishi bilan bog‘liq holat ro‘y berishdan avval Toshkent avtovokzalining kutish zaliga kirib, bu yerda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan ayol xodimlarni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, haqoratlab, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan.

O‘z navbatida avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi N.A. voqea joyiga yetib kelib, jamoat tratibini buzayotgan fuqaro M.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni ta’minlash maqsadida uni ushbu hududda joylashgan militsiya tayanch punktiga olib bormoqchi bo‘lgan vaqtida o‘z xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etgan.

“O‘zavtovokzal servis” DUK ushbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda holat yuzasidan o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra fuqaro M.A. Toshkent avtovokzali hududida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni spirtli ichimlik ta’siri ostida sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, avtovokzal qo‘riqlash xizmati xodimi N.A. o‘z xizmat vakolatidan chetga chiqish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.A. va avtovokzal xodimi N.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 – moddasi “mayda bezorilik” bo‘yicha ma’muriy ish ochilgan.

Kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligini oldini olish maqsadida Toshkent avtovokzali ma’muriyati barcha xodimlarni qat’iy ogoxlantirib, yo‘lovchilarga xushmuomala bo‘lishlari, odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing