Vazir o‘rinbosari Jarqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

2018 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir O‘roqov Jarqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Ziyodulla Davlatov Sherobod tumani hokimi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda bugun, 3 dekabr kuni xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi qaror qabul qilindi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir O‘roqov 1979 yilning 17 fevralida Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari oliygohi, 2008 yilda Toshkent moliya instituti, 2016 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2003-2005 yillarda Surxondaryo viloyati moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, 2005-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi investitsiyalar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, 2017-2018 yillarda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 dekabr kuni Buxoro, Jondor va Peshko‘ tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir O'roqov

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar