Vazir o‘rinbosari Chilonzorga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ishlab kelayotgan Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Chilonzor tumani hokimi bo‘lgan. 

Toshkent shahar hokimligidan xabar qilinishicha, bugun xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Chilonzor tumaniga yangi hokimni tayinlashga oid masala ko‘rib chiqilgan.

Endilikda bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Chilonzor hokimi vazifasini bajaradi.

Saidqahhor Xolxo‘jayev 1981 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2006 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 avgust kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning farmoyishi bilan Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Xusnuddinovich Xojimanovga Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan edi. 

Qayd etish kerakki, Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov hududdagi daraxtkushlikdan keyin ishdan olingandi. U bilan birga tuman prokurori I.Bozorov ham ishdan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing