Vazir Toshqulovga hayfsan berildi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022
19749O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga hayfsan berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi rayosat majlisida Oliy va kasb-hunar ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va 2023 yilgi asosiy vazifalar ham muhokama qilingan.
Muhokamalar jarayonida Bosh vazir Abdulla Aripov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga bir qator tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun hayfsan bergan.
LiveBarchasi