Vazir Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Jamiyat
−
12 fevral 2022 16617 1 daqiqa
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shavkat Rahmonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Rahmat Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. U Qarshi davlat pedagogika instituti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
Faoliyati davomida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2020 yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovni “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar bo‘lishi va senator etib tayinlanishini aytib o‘tgan.
Shuningdek, 2020 yil 18 fevraldagi farmoniga muvofiq u Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga tayinlangan.
Live
Barchasi