Vazir Nazarbekov Kremlda qo‘shiq kuyladi
Madaniyat-san’at
−
21 noyabr
13033Joriy yilning 19 noyabr kuni Rossiyaning Moskva shahridagi Kreml saroyida O‘zbekistonning Rossiyadagi madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston xalq artisti, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qo‘shiq kuyladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda yuqori martabali rasmiylar, Rossiya va O‘zbekistonning madaniy va ishbilarmonlik doiralari vakillari, diplomatlar va san’at namoyondalari ishtirok etgan.
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Majnuntol”, “Xafa bo‘laman”, “Atirgulim”, “Andijoncha”, “Mendirman o‘sha” qo‘shiqlarini kuylagan.
Vazir Nazarbekovdan tashqari konsert dasturida yana bir qator xonanda va san’at ustalari chiqish qilgan. Jumladan:
- “O‘zbekiston ona diyorim!” – O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri;
- “Kel ey dunyo” – “Artist” musiqiy teleloyihasi g‘oliblari: Behruz Yunusov, Akmalxo‘ja Xolxo‘jayev, Ulug‘bek Shomurodov, Elyorbek Meliboyev;
- “Podmoskovniye vechera” – Xalqaro tanlovlar laureatlari Sabina Xamdamova, Akkol Meldebekov;
- “Yor istab, Mustahzod” – O‘zbekiston xalq artisti Zulayxo Boyxonova, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli;
- “Pesenka Gersoga” Djuzeppe Verdining “Rigoletto” operasidan – O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov;
- “Yolg‘iz”, “Shahloga tushding” – Xalqaro tanlovlar laureatlari Xushnud Solijonov, Abdulaziz Muxtorov;
- “Travushka-muravushka” – Xalqaro tanlovlar laureati Yasmin Omar Mun;
- “Mavrigi” – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilyos Arabov, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli;
- “Muzikalnaya chayxana”, “Omon yor” – O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov;
- “Qaldirg‘och”, “Oyning o‘n beshi”, “Kelgin gulim”, “Aylanay” – O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli.
- “Katta o‘yin” – Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli;
- “Dem bermes” – O‘zbekiston xalq artisti Oygul Nodirova, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli;
- “Ajab-ajab” – O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli;
- “Ko‘k jiguli” – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli.
LiveBarchasi