Vazir: “Germaniyadagi otishmadan so‘ng masjidlar alohida nazoratga olinadi”
Olam
−
21 fevral 2020
3982Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexoferning ma’lum qilishicha, 10 kishi qurbon bo‘lgan Xanaudagi otishma rasman terakt deya topilgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Joriy yilning 20 fevral kuni Germaniyaning Xanau shahridagi otishma oqibatida 10 kishi, jinoyatchi bilan qo‘shib hisoblaganda 11 kishi halok bo‘lgan edi. Noma’lum shaxs Xoymarkt ko‘chasida joylashgan chilimxonada otishma sodir etadi. Keyinroq o‘q ochgan odamning manzilida uning va yana bir shaxsning jasadi topiladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, voqea ekstremistik diniy e’tiqod va irqchilik asosidagi terakt sifatida baholanmoqda.
“Bu aniq irqchilikka asoslangan terakt”, deya qo‘shimcha qilgan Zeyexofer.
Shuningdek, u ushbu voqeadan keyin mamlakat huquq-tartibot idoralari masjidlarni himoya qilish uchun alohida nazorat o‘rnatilishini ta’kidladi.
LiveBarchasi