Vazir Farg‘onada zo‘rlab, o‘ldirilgan qizchaning uyiga bordi
Jamiyat
−
28 iyul 2023
46619Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida 11 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova marhuma qizchaning uyiga borib, uning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamova QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 28 iyul kuni vazir Hilola Umarova Farg‘onada fojiali halok bo‘lgan 11 yoshli qizchaning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolariga o‘z ta’ziyasini bildirgan.
Vazir holatni o‘rganish hamda yaqinlaridan hol so‘rash maqsadida qizaloqning onasi bilan suhbatlashib, yuz bergan holatdan chuqur qayg‘usini izhor etgan.
Shuningdek, vazir bu kabi jinoyatlarni oldini olish, bolalarga e’tiborli bo‘lish uchun ota-onalar hamda mahalla mas’uliyatini oshirish kerakligi haqida gapirib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyul kuni Farg‘onada 11 yashar qiz 2006 yilda tug‘ilgan 11 sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlab, o‘ldirib ketilgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish), 118 (Nomusga tegish) va 119 (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi