Vayronalar ostida futbol darvozabonining jonsiz jasadi topildi

Sport

image

Qahramonmarashda soat sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ba’zi sport jamoalari a’zolari bedarak yo‘qoldi. “Malatyaspor” futbol klubida o‘ynagan darvozabon Ahmad Ayub Turkaslon vayronalar ostidan jonsiz holda topildi. Bu haqda “Malatyaspor” klubi o‘z sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, darvozabonning rafiqasi Kubro Turkaslon vayronalar ostidan topilgan va uning hayoti saqlab qolingan. Ahmad Ayub Turkaslon 30 soatdan ortiq vayronalar ostida qolgan.

Qulagan binolar ostida olib chiqilgan Kubro Turkaslon turmush o‘rtog‘ini qutqarish uchun yordam so‘rab ijtimoiy tarmoqlarga video joylagan.

“Ayub, 30 soat davomida vayronalar ostida qolmoqda, iltimos yordam bering. Hech qanday tutqich yoki kran yo‘q. Vayronalar ostidan hech kim chiqara olmaydi. Iltimos yordam bering!”, deydi Kubro Turkaslon videoda.

Ma’lumot uchun, Ahmad Turkaslon 1994 yil 11 sentyabrda tug‘ilgan. U professional faoliyatini 2013 yilda “G‘oziantep” U-21 jamoasida boshlagan. Ahmad “Bugsash”, “Usmonlispor”, “Boshkent shafaqspor” kabi jamoalar darvozasini qo‘riqlagan. U futboldagi so‘nggi o‘yinini 2022 yil 8 noyabr kuni “Ushak Spor” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing