Vayronalar ostida bir hafta qolgan ayol qutqarildi

Olam

image

Turkiyadagi zilziladan 163 soat o‘tgach, G‘oziantep shahri vayronalari ostidan bir ayol qutqarib olindi. Bu xaqda “Anadolu” agentligi xabar berdi

Aniqlanishicha, qutqaruv guruhining harakatlari natijasida G‘oziantep shahri Nurdog‘i hududidagi qulagan bino ostidan 62 yoshli Nafize Yilmaz omon olib chiqilgan. Nafize Yilmaz vayronalar ostida qariyb bir haftaga yaqin, ya’ni 6 sutkayu 7 soatdan ortiq vaqt mobaynida qolib ketgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 22 soat ichida vayronalar tagida qolib ketgan 41 kishiga yordam ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, zilzila oqibatida Hatayning Antakya tumanidagi binolar tagida 141 soat qolib ketgan suriyalik Adnan Ahmad Amir va uning 4 yoshli qizi Emiru Amir, huddi shu binoda 149 soat jon saqlagan 35 yoshli Mustafo Sarigul, Adiyaman shahrining Yovuz-Salim masjidi ostida 160 soat hayot bilan kurashgan 10 yoshli Aysima Baltajilar ham omon qolgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Avvalroq O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat itlari yordamida 62 yoshli Samet Genco va 60 yoshli Seval Genconi qutqarib qolgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing