VAR aralashmaganda “Barselona” va “Real”ning La Ligadagi ochkolari teng bo‘lardi

Sport

image

Joriy mavsumda “Barselona” va “Real”ning o‘yinlariga VAR (video assistent referi) aralashamaganda ikkala klubning ochkolari soni teng bo‘lardi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, VAR tizimidan foydalangan holda qabul qilingan qarorlar tufayli “Barselona” to‘rt ochko jamg‘argan. “Real” esa vaziyatlarga  VAR aralashganidan so‘ng besh ochko yo‘qotdi. Videotizim yordamida hakamlarning qarori o‘zgarmaganda, 25-turdan so‘ng “Barselona” va “Real” La Ligada 61 ochko jamg‘argan bo‘lardi.

“Barselona” La Liganing 25-turida “Atletik Bilbao”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 87-daqiqada mezbonlar hujumchisi Inyaki Uilyams Kataloniya klubi posboni Mark-Andre ter Shtegen bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Ammo VAR vaziyatni ko‘rib chiqqach, “Atletik” a’zosi Iker Muniainning to‘p uchun kurashda qo‘l bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi va gol bekor qilindi. 

“Barselona” Ispaniya chempionatida 65 ochko bilan “Real”dan 9 ochko oldinda bormoqda. Jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv 19 mart kuni La Liganing 26-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” VAR “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing