Van Deyk terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
13:00 838 1 daqiqa
“Liverpul” va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoadan ketishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda NU.nl nashri xabar berdi.
Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi “F” guruhida Yaponiya, Shvetsiya va Tunisga qarshi maydonga tushadi.
“Ammo bu terma jamoa bilan so‘nggi turnirim bo‘ladimi yoki yo‘qmi – hozircha bilmayman. Bu haqda faqat Jahon chempionatidan keyin o‘ylayman. Avval sog‘lig‘imni tiklab olishim va “Liverpul”da o‘tgan mavsum davomida bo‘lgan barcha voqealarni qayta tahlil qilishim kerak. Umid qilamanki, barchasini Jahon chempionati bilan yakunlay olaman”, deydi van Deyk.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Virjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasi safida 91 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finaliga, 2022 yilgi Jahon chempionati chorak finaliga chiqqan hamda bir marta Millatlar ligasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi