Valuyevning Ozarbayjonga kirishi taqiqlandi

Olam

image

Rossiya turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Valuyevga Ozarbayjon Respublikasiga kirish taqiqlandi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda mahalliy OAVga ma’lum qildi.

Hojizodaga ko‘ra, Nikolay Valuyevning Ozarbayjon davlati va xalqiga nisbatan haqoratomuz va tahdidli bayonotlarini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi.

“Aytilgan deputatning Ozarbayjonga qarshi bayonotlari munosabati bilan uning ismi Ozarbayjon Respublikasiga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan va mamlakatimizga kirishi taqiqlangan. Umuman olganda, shuni ta’kidlashni istardikki, bu Davlat Dumasi deputatlari “nomaqbul shaxslar” ro‘yxatiga kiritilgan birinchi holat emas. Masalan, Ozarbayjondagi tegishli ro‘yxatga avvalroq Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi harakat qilgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin va Oilani himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Vitaliy Milonovlar ham kiritilgandi. Taassuf bilan qayd etmoqchimizki, mamlakatimizga qarshi ish olib borayotgan bu deputatlarning barchasi Rossiyaning hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi a’zolaridir. Mamlakatimiz va Ozarbayjon xalqining suvereniteti, hududiy yaxlitligiga qarshi harakat qilayotgan bunday shaxslarga nisbatan mamlakatimiz qonunchiligi doirasida tegishli choralar ko‘rilishi davom ettiriladi”, deydi Hojizoda.

Ma’lumot uchun, sobiq bokschi hozirda 51 yoshda. Valuyev 2007 yilda superog‘ir vazn toifasida WBC kamari uchun o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev bilan jang qilib, imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Nikolay Valuev Ruslan Chagaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing