Valiahd shahzoda Bahraynning yangi Bosh vaziri bo‘ldi

Olam

image

Bahrayn valiahd shahzodasi Salmon bin Hamad bin Iso al-Xalifa avvalgi hukumat rahbari Xalifa bin Salmon al-Xalifa vafotidan so‘ng mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinlandi.

Bu haqidagi farmonni podshoh shayx Hamad bin Iso al-Xalifa imzolagan.

Avvalroq, mamlakatning sobiq Bosh vaziri, shahzoda Xalifa bin Salmon al-Xalifa kecha, 11 noyabr kuni ertalab AQSHdagi klinikada vafot etgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot uchun, qirollik oilasi a’zosining vafoti munosabati bilan mamlakatda bir haftalik motam e’lon qilindi. Qirollikning vazirlik va idoralari ishlari bugun, 12 noyabrdan boshlab uch kunga to‘xtatildi


Maqola muallifi

Teglar

BOSh VAZIR TAYINLOV

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar