Valverde Tchuameni bilan janjaldan so‘ng shifoxonaga yotqizildi – OAV
Sport
−
08 may 4758 1 daqiqa
Avvalroq, “Real Madrid”ning ikki futbolchisi – Federiko Valverde va Orelen Tchuameni mashg‘ulotlarda janjallashgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Federiko Valverde ushbu voqeadan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchilar o‘rtasidagi mojaro shu qadar keskin tus olganki, boshqa futbolchilar va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa vaziyatni tinchlantirishga majbur bo‘lgan. “Qirollik klubi” kiyinish xonasida ushbu voqea juda jiddiy baholanayotgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras o‘rtasida ham mojaro yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, “Real Madrid”ning kamida olti nafar futbolchisi Arbeloa bilan muloqotni to‘xtatgani, ayrim o‘yinchilar esa o‘zaro ham gaplashmay qo‘ygani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda Ispaniya La Ligasining 34-turidan so‘ng “Barselona” 88 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real Madrid” esa 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi