Valverde Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
13 mart 512 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari xabar berdi.
Joriy yilning 11 mart kuni “Real Madrid” Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining birinchi uchrashuvida o‘z maydonida “Manchester Siti” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Valverde uchta golga ham mualliflik qildi va faoliyatidagi ilk xet-trik ham qayd etdi.
Valverde haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kurashda “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresni (“Tottenxem”ga qarshi o‘yinda ikki gol va bir golli uzatma, 5:2), Parijning PSJ jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyani (“Chelsi”ga qarshi o‘yinda ikki gol va bir golli uzatma, 5:2) hamda Myunxenning “Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Maykl Oliseni (“Atalanta”ga qarshi o‘yinda ikki gol va bir golli uzatma, 6:1) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.