Valverde “Barselona”dan ketdi
Sport
−
13 yanvar 2020 6438 1 daqiqa
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde lavozimini tark etdi.
ESPN nashrining xabar berishicha, 55 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan uchrashgan va uchrashuv jarayonida o‘zaro kelishilgan holda shartnomani bekor qilishga kelishib olgan. Yaqin vaqt ichida Valverdeni iste’fosi haqida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Valverde “Barselona”ni 2017 yil qo‘l ostiga olgan. Uning qo‘l ostida “ko‘k-anorranglilar” ikki marotaba Ispaniya chempioni bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” joriy mavsum Ispaniya "La Liga"si turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr