Valdes “Barsa”dan ketishi mumkin

Sport

image

“Barselona” (U-19) jamoasi bosh murabbiyi Viktor Valdes o‘z lavozimini tark etishi mumkin. 37 yoshli mutaxassis chempionat doirasida “Tarragona” klubiga qarshi bahsga jamoa bilan birga bormaydigan bo‘lgan.

U kelasi hafta klub rahbariyati bilan uchrashib, kelajagini muhokama qiladi. 

Ma’lumot uchun, Viktor Valdes 2000-2014 yillarda "Barselona" darvozasini qo‘riqlagan. U shu yilning iyulida klub o‘rinbosarlariga bosh murabbiy etib tayinlangandi. 

Avvalroq, murabbiy jamoasining Yoxan Kroyff nomidagi yangi stadionda o‘ynay olmasligidan noroziligini bildirgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Viktor Val'des

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing