Vaksinatsiya jarayonlariga xususiy sektor jalb qilinadimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pullik tarzda qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov izoh berdi.

“Xususiy immunoprofilaktika muassasalar (vaksinatsiya markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotganini unutmaslik kerak. Ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda”, deydi Otabekov.

Uning ta’kidlashicha, xususiy immunaprofilaktik muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror bir xususiy vaksinatsiya markazida bunday amaliyotlar o‘tkazilmayapti.

“Qayd etish lozimki, keyinchalik mamlakatimizga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa (bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvati ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti), uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, “Dori-darmon” AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin”, deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari.

Unga ko‘ra, hozircha faqat davlat muassasalarida xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi patriyasini keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shundan so‘ng, mamlakatga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing