O‘zbekistonda vaksina olganlar 14 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 2 aprel kuni, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9211 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Vaksina olganlarning 3726 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 5485 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.

2 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

•  Toshkent shahri (2313 nafar), 
•  Qashqadaryo viloyati (1021 nafar), 
•  Andijon viloyati (783 nafar), 
•  Toshkent viloyati (740 nafar), 
•  Namangan viloyati (713 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz,1 aprel kuni 5018 nafar fuqaro koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan edi. Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 14 229 nafarga yetdi.
 

Iqbol Ergasheva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing