Vaksinadan keyin o‘lim holati kuzatilishi mumkin — Sevara Ubaydullayeva

Jamiyat

image

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda vaksina olganlar o‘zida nojo‘ya ta’sirlarni his qilayotgani, ba’zi hollarda esa o‘lim holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida turlicha xabarlar tarqaldi. 

Bugun, 6 avgust kuni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva vaksina o‘limga olib kelishi haqidagi savollarga oydinlik kiritdi.

“Vaksinadan keyin nojo‘ya ta’sirlar yoki o‘lim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiquvchilar tomonidan yo‘riqnomada yozilgan. 

Biroq vaksinadan so‘ng, kuzatiladigan o‘lim holati uni olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida yuz beradi.  O‘tib ketuvchi nojo‘ya ta’sirlar esa keyingi 3 kun davomida sodir bo‘ladi”, deydi Sevara Ubaydullayeva.

Shuningdek, shtab a’zosining ta’kidlashicha, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha O‘zbekistonda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

805

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing