O‘zbekistonga yana 3 mln doza vaksina olib kelindi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2021
5085Bugun, 6 sentyabr kuni tongda O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 million dozasi olib kelindi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
• 460 000 dozasi “Sputnik V”;
• 986 480 dozasi AstraZeneca;
• 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001;
• 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi