Vaksina olishdan avval “analiz” topshirish kerakmi? Nurmat Otabekov javob berdi

Jamiyat

image

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda shifokor libosini kiyib olgan yigit videochiqish qilib, vaksina olishdan avval PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) tahlilini topshirish kerakligi haqida asossiz fikrlarni tarqatgandi. Bunga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov munosabat bildirdi.

Internetda tarqalgan asossiz xabarning mazmuni quyidagicha edi:

“Emlanish bo‘yicha ikkilanib turgan bo‘lsangiz, PZR tahlilini topshiring. Agar ushbu tahlilda immunoglobulin G miqdori yuqori bo‘lib chiqadigan bo‘lsa, u holda emlanishingiz kerak emas. Agar aksincha, immunoglobulin pastroq bo‘lsa, emlanish lozim”.

Nurmat Otabekovning ushbu xabar yuzasidan munosabati shunday bo‘ldi:

“Immunoglobulin G PZR usulidan emas, balki immunoferment tahlili usulidan foydalanib aniqlanadi. Agar siz shifokor bo‘lsangiz, bu orqali o‘z savodsizligingizni isbotlayapsiz”.

Nurmat Otabekov QALAMPIR.UZ ga bergan intervyusida Vaksinalar bepushtlikka olib keladimi, degan savolga ham oydinlik kiritgandi.

“Birinchidan, insoniyatning irsiyatini shakllantiruvchi genlar, butunlay boshqa. Viruslar bizning immunitetimizdagi genlarimizga mutlaqo teskari narsa. Vaksinaning irsiyat va xotiraga ta’sir qilishi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Vaksinalar tufayli tromblar hosil bo‘lishi, trombo emboliya tufayli odamlar o‘layotgani, qon quyilishi, infarkt, insult kasalliklarini keltirib chiqarishi haqidagi gaplar urchidi. JSST statistikasiga ko‘ra, tromb bilan bog‘liq patologik kasalliklar bilan 3 million 700 000 dan ziyod odam hayotdan ko‘z yumadi. Tasodif ehtimoli bor-ku, axir. Yuqoridagi ko‘rsatkich juda katta miqdor. Shunday ekan, vaksinalarning kasallik qo‘zg‘atuvchi hususiyati yo‘q”, deydi Otabekov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing