Vahshiy qotillik: 77 yoshli “taksist”ni bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Zarbdor tuman sudi 77 yoshli taksi haydovchisini o‘ldirib, uning puli, telefoni va avtomashinasini egallagan shaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 30 mart kuni sodir bo‘lgan. Sh.X. ismli shaxs G‘allaorol tumanida J.B. ismli taksi haydovchisining Nexia-3 avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, uni go‘yoki chorva sotib olish uchun odamlardan uzoq hududga olib borgan.

U yerda Sh.X. haydovchiga hujum qilib, uni urgan, qo‘l-oyoqlarini sim bilan bog‘lagan va bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Sud-tibbiy ekspertizasi marhumning o‘limi mexanik asfiksiya, ya’ni bo‘yin sohasining siqilishi natijasida yuz berganini aniqlagan.

Shundan so‘ng Sh.X. marhumning cho‘ntagidan 150 ming so‘m pul, Nokia 1280 telefoni va avtomashina kalitini olgan. Keyin J.B. ga tegishli Nexia-3’ni haydab, Samarqand tomon yo‘l olgan va YPX xodimlari tomonidan ushlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, Sh.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v, i” bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “a, g” bandlari hamda 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Unga jinoyatlar majmui bo‘yicha 19 yil, avvalgi hukm bilan tayinlangan 8 yillik jazosi qisman qo‘shilgan holda uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Hukmga ko‘ra, Sh.X. jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi hamda jazo muddati joriy yilning 1 aprelidan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 21 nafar bolani Tracker’da tashigan bog‘cha xodimi YTH sodir etib, bir bolaning o‘limi va yana yetti nafar tarbiyalanuvchining jarohat olishiga sabab bo‘lgandi. Sud unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlab, 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing