“Vaqti keldi”. Tramp Ukrainada saylov o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
10 dekabr 3968 1 daqiqa
Ukrainada yangi saylovlar o‘tkazish vaqti keldi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp “Politico” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Ukraina rahbariyati urushdan saylov o‘tkazmaslik uchun foydalanyapti. Ammo, menimcha, ukrain xalqida tanlov bo‘lishi kerak. Ehtimol, Prezident Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘ladi, bilmayman. Kim g‘olib bo‘lishini men ayta olmayman. Ammo ular uzoq vaqtdan beri saylov o‘tkazgani yo‘q. Bilasizmi, ular demokratiya haqida gapirishadi, ammo bu allaqachon demokratiya bo‘lmay qolgan holatga yaqinlashmoqda”, degan Tramp.
Ma’lumot uchun, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yil mart oxirida bo‘lishi kerak edi, ammo harbiy holat tufayli o‘tkazilmadi.
AQSHning dastlabki tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina tinchlik kelishuviga erishilgandan 100 kun o‘tib saylov o‘tkazishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat prezidentlik saylovlarinni 2-3 oy ichida o‘tkazishga tayyor bo‘lishi haqida aytgandi. U, shuningdek, saylovlarga tayyor ekani, hokimiyat kursisiga yopishib olmaganini ham qo‘shimcha qilgan.
Live
Barchasi